Eng yangi davr tarixi bo'limi

Ushbu bo'lim 1996-yil mart oyida tashkil etilgan. 2006–2016-yillar "Hozirgi zamon tarixi va xalqaro tadqiqotlar", 2016–2019 yillarda "Yangi va eng yangi tarix" va 2020-yildan boshlab hozirgi kungacha "Eng yangi davr tarixi" bo’limi deb atalib kelinmoqda.

Ushbu bo’limni 1996-1998-yillarda tarix fanlari doktori Rashod Nosirov, 1998-2000-yillarda tarix fanlari nomzodi Musallam Jo’rayev,  2000-2007-yillarda tarix fanlari doktori Erkin Nuriddinov, 2008-2020-yillarda tarix fanlari doktori Mirzoxid Raximov boshqargan. 2020-yilning sentabr oyidan boshlab professor Azamat Ziyo boshqarib kelmoqda.

Bo’limning ilmiy tadqiqot faoliyati asosan, O’zbekistonning mustaqillik davri tarixi, mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi islohotlar, muammolar, shuningdek, respublikaning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuv jarayonlari yo’nalishlarida olib boriladi.

So’nggi yillarda bo’limda zamonaviy iqtisodiy jarayonlari tarixi, ijtimoiy-demografik va migratsiya muammolari, mustaqillik yillarida etnomadaniy hamda etnokonfessional jarayonlar, O’zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy tashkilotlari bilan aloqalari hamda mamlakatimizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi kabi ilmiy yo'nalishlar doirasida tadqiqotlar olib borilmoqda.

Bo’limi tarkibi:

1. Bo’lim boshlig’i - tarix fanlari doktori, professor Azamat Ziyo

2. Bosh ilmiy xodim – tarix fanlari doktori (DSc) Muhayyo Sirojiddinovna Isakova

3. Katta ilmiy xodim - tarix fanlari nomzodi, dotsent Shavkat Rahmatullayev

4. Katta ilmiy xodim - tarix fanlari nomzodi Shuhrat Ergashev

5. Stajyor-tadqiqotchi – Shohruz Sharipov 

Xodimlar

Bo'lim boshlig'i

AZAMAT ZIYO HAMID OʼGʼLI
Eng yangi davr tarixi Tarix fanlari doktori, professor
E-mail:

1963-yil 23-iyunda Toshkent shahrida tugʼilgan.

1985-yili Toshkent davlat universitetining sharq tillari fakultetini bitirgan.

1990-yili nomzodlik (“Silsilot as-saloti tarixiy manba sifatida”), 1999-yili doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan (O`zbek davlatchiligi tarixidan).

2020-yildan “Eng yangi tarix” bo’limi boshlig'i.

O`zbek davlatchiligi tarixi va manbashunosligi, temuriylar, boburiylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, o`zbek xalqining etnik tarixi ilmiy yo`nalishlarida tadqiqotlar olib boradi.

Asаrlari

  1. Ялангтўш Баҳодир – илм-фан ва маданият ҳомийси. “Yangi Oʼzbekiston” газетаси, www.uza.uz., oliymahad.uz, 2021 йил 3 март.
  2. Ўзбек аёллари тарих саҳнасида. Тошкент, 2002.
  3. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент, 2000. (биринчи нашри); (иккинчи нашри) 2001.
  4. Ўзбек давлатчилиги тарихини ўрганиш манбашунослиги. «Ўзбекистон тарихи» журнали. № 1. 1999.
  5. Concerning the problem of Tamerlan's birthplace. Iran & Caucasus. 1. Caucasian Centre for Iranian stadies. Yerevan – Tehran, 1997.
  6. XVI-XVII асрлар Ҳиндистон форсийзабон тарихий манбалари ҳақида. «Ўзбекистонда ижтимоий фанлар» журнали. № 9-10. 1994.
  7. Беруний институтидаги «Шоҳнома» қўлёзмалари. «Шарқшунослик» тўплами. Тошкент. 1994.
  8. Шайбоний ва Аштархоний ҳукмдорларнинг Эрон ва Ҳиндистон билан ёзишмалари. Ўрта Осиё халқлари тарихи ва маданияти тарихига оид тадқиқотлар ва материаллар. Тошкент. 1993.
  9. Давлатчилигимизнинг тарихий йўли. «Ипак йўли» газетаси. 1993 йил 20 январ.
  10. «Силсилот ас-салотин» тарихий манба сифатида. «Ўзбекистонда ижтимоий фанлар» журнали. № 9. 1990.

Katta ilmiy xodim

SHUHRAT ERGASHEV
Eng yangi davr tarixi Tarix fanlari nomzodi
E-mail:

1956-yil 24-oktabrda Samarqand viloyat Jomboy tumani Xitoybolo qishlog‘ida tug‘ilgan.

1984-yili Toshkent davlat universitetini bitirgan.

1991-yildan tarix fanlari nomzodi (dissertatsiya mavzusi: Из истории эвакуации промышленных предприятий и их размещение в тыловых районах страны в годы Великой Отечественной войны. (По материалам республик Средней Азии).

2015-yilday “Yangi tarix” bo‘limi katta ilmiy xodimi.

2021-yildan “Eng yangi tarix” bo‘limi katta ilmiy xodimi.

O‘zbekiston mustamlaka davri tarixining siyosiy, madaniy muammolari, jahon tarixi, xususan, Sharq mamlakatlarida modernizatsiya jarayonlari yo‘nalishida tadqiqotlar olib boradi.

Asarlari

  1. Век ХХ: политика, люди, судьбы. – Т: Главная редакция издательско-полиграфической акционерной компании «ШАРК», 2007. – 344 с. (соавторы: Т.Бобоматов, Н.Турсунов).
  2. Уч буюк француз. – Тошкент, «O‘ZBEKISTON» НМИУ, 2014. – 144 б.
  3. ХХ аср: тақдирларда акс этган тарих. – Т.: «O‘ZBEKISTON» НМИУ, 2015, 2016, 2018. – 544 б. (ҳаммуаллиф: Т.Бобоматов).
  4. Уч буюк француз. – Т.: «O‘ZBEKISTON» НМИУ, 2014, 2016. – 144 б.
  5. Жаҳон тарихи. Янги давр. 1-қисм. Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма. – Т.: «O‘ZBEKISTON» НМИУ, 2014, 2016. – 528 б.
  6. Жаҳон тарихи. Янги давр. 2-қисм. Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма. Тошкент. «O‘ZBEKISTON» НМИУ, 2015. 568 бет.
  7. Жаҳон тарихи. Энг янги давр. 3-қисм. 1918 – 1945 йиллар. Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма. Тошкент. «O‘ZBEKISTON» НМИУ. 2018. 520 бет.
  8. Жаҳон тарихи. Энг янги давр. 4-қисм. 1945 – 2017 йиллар. Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма. Тошкент. «O‘ZBEKISTON» НМИУ. 2019. 672 бет. 
  9. Қадимги цивилизациялар. Тошкент. «O‘ZBEKISTON» НМИУ. 2016. 360 бет.
  10. Эрк истар кўнгил (Ш.Рашидовнинг 100 йиллигига бағишланган). Тошкент. «O‘ZBEKISTON» НМИУ. 2017. 200 бет.

Katta ilmiy xodim

SHAVKATJON MUXAMMADALIEVICH RAXMATULLAEV
Eng yangi davr tarixi Tarix fanlari nomzodi
E-mail: s_muhammad@mail.ru

1971-yil 31-mayda Аndijon viloyati Аndijon shahrida tugʼilgan.

1994-yilda Zahiriddin Muhammad Bobur nomida Аndijon davlat universitetini bitirgan.

2000-yildan tarix fanlari nomzodi (dissertatsiya mavzusi: Mustaqillik sharoitida Fargʼona vodiysi shaharlarida ijtimoiy-iqtisodiy oʼzgarishlar (1991-1996 yy.)), 2004-yildan “Oʼzbekistonda bozoro munosabatlariga oʼtish sharoitida iqtisodiy jarayonlar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

2010-yildan “Zamonaviy tarix va xalqaro munosabatlar tarixi” boʼlimi, 2020-yildan “Eng yangi davr tarixi” boʼlimi katta ilmiy xodimi

Iqtisodiy tarix, oʼtish davrining nazariy muammolari, bandlik muammosi, aholining iqtisodiy tabaqalashuvi, tadbirkorlik tarixi, demografik, urbanizatsiya va migratsiya jarayonlari, Oʼzbekistonning xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi yoʼnalishlarida tadqiqot olib boradi.

Asarlari

  1. Новейшая история Узбекистана: Учебник для вузов. Издание 2-е, дополненное. – Ташкент: «Nurafshon business», 2020. (коллективное издание).
  2. Uzbekistan In The Late 1980 S And Early 1990 S: Socio-Economic Consequences Of Soviet Modernization // Journal of Critical Reviews. 2020; 7(17): P. 2870-2879. (Salimov Sh. билан ҳаммуаллифликда)
  3. Планли иқтисодиётнинг деградацияси ва бозор муносабатларга ўтишга уриниш. Ўзбекистон тарихи (1917-1991). К. 2. Ўзбекистон 1939-1991 йилларда –­ Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2019. – 576 б. (428-441 бетлар).
  4. Новейшая история Узбекистана (1991-2016 гг.): (Коллективная монография). Ташкент: «Фан», 2019. 440 с.
  5. Экономическое сотрудничество Китая и Узбекистана в рамках стратеги и «Один пояс – один путь». 1400: Dialogue between Changan and the world (Сиань: Шэньсийский педуниверситет, 2018. С. 244-248.
  6. Очерки новейшей истории Узбекистана. 2-е издание (исправленное и дополненное). Ташкент: «Адабиёт учқунлари», 2016. 376 с. (соавторы: Рахимов М.А., Турсунова Р.Ю., Назаров Р.Р.).
  7. Socio-economic stratification of Uzbekistan`s population: past and present. «South and Central Asia. Insights and Commentaries» («Южная и Центральная Азия. Исследовании и взгляды»). New Delhi, Knowledge World, 2015. P. 307-322.
  8. Узбекская модель транзитной экономики: альтернативный путь перехода к рынку? Центральная Азия. Человек – общество – государство. Сб. статей. Отв. ред. Ар.А. Улунян. Москва: ИВИ РАН. 2013. С. 299-310.
  9. The history of Samarkand (since hoary antiquity up to nowadays). – Tashkent. ART FLEX. 2011. 104 p. (Alimova D., Buryakov Yu. билан ҳаммуаллифликда).
  10. Узбекистан: особенности социально-демо­гра­фи­­ческих процессов в конце XX – начале XXI в. Россия и мусульманский мир. Научно-информационный бюллетень. Москва. №8. 2009. 90-99 стр.

Stajyor-tadqiqodchi

SHOHRUZ FAXRIDDIN O‘G‘LI SHARIPOV
Eng yangi davr tarixi
E-mail: sharipovshohruz.docx

1994-yil 17-avgustda Buxoro viloyati Buxoro tumanida tug‘ilgan.

2020-yil Buxoro davlat universitetini bitirgan.

2021-yildan  stajyor-tadqiqodchi. Ilmiy rahbar professor Azamat Ziyo.

O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosati tarixi, iqtisodiy ta`limotlar tarixi va tashqi iqtisodiy aloqalar tarixi ilmiy yo`nalishlarida tadqiqot olib boradi.

Asarlari

  1. Koronavirus va uning Yaqin va O‘rta Sharq muammolariga taьsiri. BuxDu Tafakkur va Talqin. Magistrantlarning ilmiy maqolalar to‘plami.  2020. 45-48-betlar.
  2. Birinchi Intifada va Falastin muxtoriyati. World Social Science jurnali.  № 1. 2020.  5-8-betlar.
  3. Birinchi Arab – Isroil urushi va Falastinlik qochoqlar muammosining paydo bo‘lishi sabablari: tahlil va talqin. Tarixiy xotira – o‘zlikni anglash va milliyma’naviy taraqqiyot omili mavzusidagi Respublika an’anaviy ilmiy-nazariy anjumani materiallari.  № 9. 2019. 211-213-betlar.
  4. Yaqin va O‘rta Sharq muammolarining tarixiy va siyosiy ildizlari. Человек, Общество, Природа, Наука. Международная  научно-практическая апрельская конференция студентов, магистрантов и преподавателей. Таджикский Педагогический институт. Пенджикент.  2019. C.  565-568­.
  5. Yaqin Sharq: Kurdiston va Kurd muammosi. BuxDu Tafakkur va Talqin Magistrantlarning ilmiy maqolalar to‘plami. 2019.  5-7­-betlar.
Eng yangi davr tarixi bo’limi

1. "O’zbekiston respublikasi tarixi (1991-2005 yy.)". VII-jild.Loyiha rahbari Erkin Nuriddinov.2003-2007 yillar.

2. "O’zbekiston Respublikasining yirik xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligi". Loyiha rahbari Mirzoxid Raximov.2003-2005 yillar.

3. "Markaziy Osiyoda etnik muammolar (Farg’ona 1989 va O’sh 1990 voqealari misolida). Loyiha rahbari Ravshan Nazarov.2003 – 2005 yillar.

4. "Zamonaviy O’zbekiston jamiyatining ijtimoiy stratifikatsiyasi tarixiy jarayonlar kontekstida". Loyiha rahbari Mirzoxid Raximov.2008-2010 yillar.

5. "O’zbekiston Respublikasining mustaqillikni qo’lga kiritilishi tarixi". Loyiha rahbari Mirzoxid Raximov.2007-2011 yillar.

6. "Paxta yakkahokimligining salbiy oqibatlari. XX asrning 80-yillarida O’zbekistonda "paxta ishi" bo’yicha tarixiy-sotsiologik tadqiqot. Loyiha rahbari Ravshan Nazarov. 2009-2011yillar.

7. "O’zbekiston yoshlari ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jarayonlarda". Loyiha rahbari Shavkat Raxmatullayev.2011-2012 yillar.

8. "O’zbekiston Respublikasining yetakchi mamlakatlar bilan xalqaro munosabatlari tarixi" loyiha rahbari Mirzoxid Raximov. 2012-2014 yillar.

9. "O’zbekistonning eng yangi tarixi" (magistr va katta ilmiy xodim izlanuvchilar uchun o’quv qo’llanma)"loyiha rahbari Mirzoxid Raximov. 2015-2016 yillar.

10. "O’zbekistonning eng yangi tarixini fanlararo o’rganish: metodlar, yondashuvlar va konsepsiyalar" loyiha rahbari Mirzoxid Raximov.2015-2017 yillar.

11. "Mustaqillik sharoitida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi tarixi" loyiha rahbari Shavkat Raxmatullayev. 2016-2017yillar.

12. "O’zbekistonning eng yangi tarixi (4 jildlik)" loyiha rahbari Mirzoxid Raximov. 2017-2020 yillar.